Kontent qismiga oʻtish

Lilit Mkrtchian

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lilit Mkrtchian

Lilit Mkrtchian, 2008-yil
Tugʻilgan sanasi: 9-avgust 1982-yil (1982-08-09) (42 yosh)
Tugʻilgan joyi: Yerevan, Armaniston SSR, Sovet Ittifoqi
Unvoni: Xalqaro Master (2003)
Ayol grossmeyster (1998)

Lilit Mkrtchian (armancha: Լիլիթ Մկրտչյան ; 1982-yil 9-avgustda tugʻilgan) — arman shaxmatchisi . U FIDE tomonidan 2003-yil xalqaro shaxmatchi va 1998-yilda ayol grossmeyster unvonlari bilan taqdirlangan. Mkrtchian ayollar oʻrtasida shaxmat boʻyicha toʻrt karra Armaniston chempioni boʻlgan[1].

2002-yilda Mkrtchian Bolgariyaning Varna shahrida boʻlib oʻtgan ayollar oʻrtasidagi individual Yevropa chempionatida 8½/11 ball toʻplagan holda kumush medalni qoʻlga kiritgan. U 2003-yilda Bolgariyaning Plovdiv shahrida shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jamoaviy Yevropa chempionatida qatnashib, Armanistonga oltin medalni qo‘lga kiritishga yordam bergan[2] va 2006-yili Turkiyaning Kushadasi shahrida oʻtkazilgan 7-chi yakka tartibdagi ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida 7½/11 ball toʻplagan holda bronza medalini qoʻlga kiritgan[3]. 2009-yilgi musobaqada u Tatyana Kosintseva bilan bellashib, 8½/11 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi va pley-offda yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritadi[4].

2009-yil dekabr oyida u Armanistonning 2009-yildagi eng yaxshi sportchilari roʻyxatida oʻninchi oʻrinni egallaydi[5].

Lilit Mkrtchian 2012-yil shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan. U elo reytingi boʻyicha 27-raqamni egallagan edi. Ushbu chempionatning 1-turida Lilit Mkrtchian Ketevan Arakhamia-Grantga qarshi kurashda yengib chiqadi va 2-turga yoʻl oladi. Biroq 2-turda Nadezhda Kosintsevaga 2½:3½ hisobida magʻlub boʻlib, turnirni erta yakunlaydi[6].

2013-yilda ayollar o‘rtasidagi yakkalik Yevropa chempionatida uchinchi o‘rinni egallaydi[7] va 2015-yilda Chengdu (Xitoy)da o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha ayollar jamolari o‘rtasidagi jahon chempionatida Mkrtchian ikkinchi doskada yakka tartibda oltin medalni qo‘lga kiritadi[8].

  1. „All Women's Champions of Armenia“. Armchess. 2011-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 28-iyul.
  2. OlimpBase 5th Womenʼs European Chess Team Championship, Plovdiv 2003, Armenia
  3. The Week in Chess 598
  4. „Tatiana Kosintseva new European Women's Champion 2009“. Chess News. ChessBase (2009-yil 20-mart). Qaraldi: 2019-yil 9-iyun.
  5. „Lilit Mkrtchian in the Top 10“. Armchess (2009-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2009-yil 19-dekabr.
  6. Top 100 Women November 2012
  7. „Hoang Thanh Trang is European Women’s Chess Champion“. Chessdom (2013-yil 3-avgust). Qaraldi: 2019-yil 9-iyun.
  8. Board results. FIDE Womenʼs World Team Chess Championship 2015.